So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Surxondaryoda avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinishi sabab qariyb 9,5 ming tup daraxtga ziyon yetishi mumkin
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Ekologiya vazirligidan Surxondaryo viloyatidagi 2 ta avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish uchun qariyb 9,5 ming tup daraxtni ko‘chirib o‘tqazishni so‘ragan.
Surxondaryo viloyatida avtomobil yo‘llari ba’zi qismlarini rekonstruksiya qilishda qariyb 9,5 ming tup daraxt ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2 iyul kunida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasidan Ekologiya vazirligiga Surxondaryo viloyatida 4R105 Darband—Boysun—Elbayon va 4R100 Mang‘uzor—Jarqo‘rg‘on—Bandixon—Oltinsoy—Denov avtomobil yo‘llarining ba’zi qismlarini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan 9 405 tup daraxtni ko‘chirib o‘tkazishga doir tegishli ko‘rsatma so‘ralgan xat yo‘llangan.
Vazirlik bunga javoban prezidentning 2021-yildagi farmoniga muvofiq davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy amal qilingani hamda 2023-yildagi farmoniga ko‘ra ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot olami dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish belgilanganini eslatgan.
Yuqorida qayd etilgan hududdagi daraxtlarning ko‘p yillik yoshi va hajmidan hamda ularning hozirda tinim (vegetatsiya) davrida ekanidan kelib chiqib, Ekologiya vazirligi daraxtlarni ko‘chirishga rad javobini bergan. Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirishda daraxtlardan xoli hududni tanlash va bu borada loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya qilgan.
Qayd etilishicha, mazkur loyihaning amalga oshish masalasi ayni damda Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtayi nazaridan ushbu yo‘nalishdagi yo‘l infratuzilmasi takomillashtiruvga muhtojligi ta’kidlanmoqda.
Kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi oqibatida yo‘l va ko‘priklar ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Avtomobillar sonining kundan kunga oshishi esa yo‘llarda tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda. Natijada avtomobillarning harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelib, avtohalokatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2022-2024-yillar mobaynida bu yerda 54 ta YTH sodir bo‘lgan, buning natijasida esa 19 nafar fuqaro vafot etgan, 31 nafar fuqaro turli tan jarohat olgan.
Shu bois ayni damda loyiha doirasidagi hududda mavjud daraxtlar holati, soni, turi, o‘lchami va qiymatini aniqlash bo‘yicha Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.