So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim" — Alisher Qodirov
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi, deputat Alisher Qodirov sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozimligini bildirdi. Bu haqda u o‘zining telegramdagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qodirov Samarqandlik shaxs O‘zbekistonni Konstitutsion tuzumiga qarshi targ‘ibot va SSSRni tiklash taklifi uchun sud qarori bilan jinoiy javobgarlikka tortilganiga nisbatan o‘z fikrini bildirgan.
«Sud qarorini olqishlayman! O‘zbek xalqi SSSR boshqaruvi tomonidan kamsitilgan, tahqirlangan va hanuzgacha o‘sha davrning og‘ir jarohatlarini davolamoqda. Millatlar, qadriyatlar va e’tiqodni rad etgan sovet mafkurasi nafaqat o‘zbek xalqi, butun insoniyat boshiga balo bo‘lib keldi va qoldiqlari hozirgacha balo bo‘lmoqda. Qonunchiligimizda sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi lozim», degan u.
Qodirov tariximizning bu ayanchli davri tahlil va muhokama qilinishi kerakligini, lekin uni ma’qullash yoki targ‘ib qilish nafaqat Konstitutsion tuzumga jinoyat, balki xalqimizga va qonli tuzum qurbonlariga aylangan ajdodlarimizga xiyonat sifatida baholanishi zarurligini bildirgan.