So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi dahshatli avtohalokat haqida bayonot berdi
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlar ishtirokidagi dahshatli avtohalokat haqida bayonot berdi. Holatni Vazirlar Mahkamasi nazoratga oldi.
Avvalroq Rossiyadagi YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokatda sakkiz kishi halok bo‘lgan, ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aniqlandi. Uch nafari tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
«Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga muvofiq, mamlakat hukumati tomonidan yaqin kelajakda halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z vataniga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Bu masala O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Voqea joyida zarur yordam ko‘rsatish maqsadida Qozondagi Bosh konsulxona rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari ishlamoqda.
Zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasining Konsullik bo‘limining Call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulligi: +7 843 526-55-63.