So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Super kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi
Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun 2 sentyabrdan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («Super kontrakt») uchun ariza qabul qilish va shartnoma berish boshlandi.
Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Avvalroq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga nisbatan quyidagi miqdorda belgilangan edi:
- 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llanadi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.