So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shavkat Mirziyoyev birinchi prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
2 sentyabr kuni davlat tashkilotlari vakillari, Toshkent shahri jamoatchiligi Islom Karimovni yod etish uchun yig‘ildi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev bu yerga tashrif buyurib, birinchi prezident haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Islom Karimov mamlakat mustaqilligini e’lon qilgan va uni taraqqiyot yo‘liga olib chiqqan yetakchidir. Davlat rahbari Mustaqillik bayramidagi nutqida buning tarixiy ahamiyatini alohida ta’kidladi:
“Aynan mustaqillik tufayli milliy davlatchiligimiz qayta tiklandi. O‘zbekiston yangi tarixiy davrga qadam qo‘ydi. Aynan istiqlol tufayli jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladik”.
Ta’kidlanishicha, shunday qutlug‘ kunda davlat mustaqilligi uchun kurashgan va unga xizmatlari singgan vatanparvar insonlar xotirasini minnatdorlik bilan yodga olishimiz tabiiydir. Birinchi prezident tarixning tub burilish pallasida, og‘ir davrda mamlakatga rahbarlik qilgan edi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi. Birinchi prezidentning mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, aholi turmushini yaxshilash borasidagi xizmatlari yodga olindi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, jamoatchilik vakillari ham Islom Karimov haykaliga gullar qo‘ydi.
Xotira tadbirlari Samarqand va Qarshi shaharlarida ham bo‘lib o‘tdi.