So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Yuzlab dorixonalarda dori vositalari narxi asossiz oshirib sotilgan
Oʻrganishlar natijasida 49 455ta holatda 5,4 mlrd. soʻmga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi respublikada faoliyat yuritayotgan dori vositalarini ulgurji va chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan dori vositalarining narxlari boʻyicha oʻrganishlar olib borganda belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlari aniqlandi.
Qoʻmitaning “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar boʻyicha tekshirish oʻtkazilganda 473ta dorixonada (133ta ulgurji va 340ta chakana) huquqbuzarlik holatlari yuzaga kelgani maʼlum boʻldi. Oʻrganishlar natijasida 49 455ta holatda 5,4 mlrd. soʻmga yaqin asossiz daromad olinganligi aniqlanib, isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi va isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari koʻrildi.
Xususan,
Toshkent viloyatida 111ta dorixonada 1838ta holatda 39 mln. soʻm miqdorda;
Toshkent shahrida 71ta dorixonada 17 266ta holatda 1 mlrd. 911 mln. soʻm miqdorda;
Jizzax viloyatida 62ta dorixonada 7005ta holatda 743,7 mln. soʻm miqdorda;
Namangan viloyatida 44ta dorixonada 7544ta holatda 1 mlrd. 14,5 mln. soʻm miqdorda;
Navoiy viloyatida 32ta dorixonada 1492ta holatda 134,9 mln. soʻm miqdorda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 30ta dorixonada 1391ta holatda 71,8 mln. soʻm miqdorda;
Cirdaryo viloyatida 24ta dorixonada 1587ta holatda 20 mln. soʻm miqdorda;
Fargʻona viloyatida 23ta dorixonada 539ta holatda 93,2 mln. soʻm miqdorda;
Andijon viloyatida 20ta dorixonada 6352ta holatda 312,8 mln. soʻm miqdorda;
Buxoro viloyatida 17ta dorixonada 1866ta holatda 71,8 mln. soʻm miqdorda;
Qashqadaryo viloyatida 18ta dorixonada 1378ta holatda 18,8 mln. soʻm miqdorda;
Samarqand viloyatida 9ta dorixonada 30ta holatda 36,6 mln. soʻm miqdorda;
Surxondaryo viloyatida 7ta dorixonada 1048ta holatda 914 mln. soʻm miqdorda;
Xorazm viloyatida 5ta dorixonada 119ta holatda 10 mln. soʻm miqdorda isteʼmolchilardan dori vositalarini narxlarini asossiz oshirish natijasida mablagʻlar olinganligi aniqlangan.
Maʼlumot uchun, qoʻmita mazkur yoʻnalishdagi ishlarini davom ettirgan holda belgilangan ustamalarni oshirib qoʻllanish holatlariga yoʻl qoʻygan dorixonalarga nisbatan chora koʻrilishini va huquqbuzar dorixonalar roʻyxatini ilova sifatida oʻzining rasmiy sahifalarida eʼlon qilib borishini maʼlum qildi.