So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent halqa yoʻlining 4 km qismi 186,5 mlrd soʻm evaziga rekonstruksiya qilindi
Rekonstruksiya doirasida Respublikada ilk marotaba yigʻma temir konstruksiyali yoʻl oʻtkazgich qurildi.
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanidan oʻtgan M39b “Toshkent halqa yoʻli” avtomobil yoʻlining 32—36-km lari qismi rekonstruksiya qilindi.
Mazkur ish buyurtmachisi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi hisobnadi. Loyiha tashkiloti esa “Yoʻl-loyiha byurosi” MCHJ. Pudrat tashkilot Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasterining Toshkent viloyati filiali boʻldi.
Mazkur obyekt qiymati 186,5 mlrd soʻm boʻlib, mablagʻ respublika budjetidan ajratilgan. Obyekt parametrlari quyidagicha: yoʻlning uzunligi – 4 km, harakat tasmalari soni 6—8ta (qatnov qismi – 28—31 metr), harakat jadalligi oʻrtacha 35—40 ming avto/sutka, qoplama turi – chaqiqtosh mastikali asfalt-beton (SHMA), yoʻl oʻtkazgich uzunligi – 28,9 pm, metall konstruksiyaning kengligi – 56,4 metr, qoziqlar soni – 56 dona, oraliq qurilmalar soni – 17 dona.
Maʼlumot uchun, Toshkent halqa yoʻlining 32—36-km qismini rekonstruksiya qilish doirasida respublikada ilk marotaba yigʻma temir konstruksiyali yoʻl oʻtkazgich qurildi.