So`ngi yangiliklar
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
O‘zbekistonda mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi
Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekistonda mol-mulkning haqiqiy qiymatini aniqlashda yagona yondashuv joriy etiladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga baholovchi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlarda va boshqa tadbirlarda faqat baholovchi tashkilot hamda ushbu organlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ekspert sifatida ham ishtirok etishi mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritildi.
Bundan tashqari, “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan sud ekspertlari baholash to‘g‘risidagi hisobotlarda qo‘llanilgan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtayi nazaridan sud ekspertizasini o‘tkazishi mumkin.
Shuningdek, sud ekspertining tekshirishlarni o‘tkazishda uning xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga va tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etish bo‘yicha majburiyati nazarda tutilmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



