So`ngi yangiliklar
Ona farzandini vasiylik va homiylik tashkilotiga topshirishni hohlamagan
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Umra mavsumi qachondan boshlanishi e’lon qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Umra mavsumi 10 sentyabrdan boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan tashkil etiladigan «Umra-2024»ning navbatdagi mavsumi joriy yilning 10 sentyabr kunidan boshlanadi.
«Hamyurtlarimiz «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarda Saudiya Arabistoniga olib boriladi. Ziyoratchilar Madina shahrida 3 kun, Makka shahrida esa 7 kun bo‘ladi. Mavsum davomida tajribali ishchi guruhi va imom-xatiblardan iborat ellikboshilar hamda malakali shifokorlar ularga hamroh bo‘ladi», deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, ziyoratchilar Madina shahrida «Grand Shahba», Makka shahrida esa «Marmara Group Hotel» mehmonxonalarida istiqomat qiladi. Mehmonxona xonalari 3-4 o‘rinli bo‘lib, 3 mahal taomlar, shirinlik va sarxil mevalar tortiq qilinadi.
Mazkur shaharlarda muborak qadamjolarga ziyorat tashkil etiladi. Mehmonxonalarda tibbiyot punktlari, transport xizmati va ishchi guruhlari shtablari 24 soat davomida faoliyat yuritadi. Safar yakunida zam-zam suvi hadya qilinadi.



