So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Buxoroda bola bolalar ombudsmanidan himoya so‘rab murojaat qildi
Бухоро вилоятида бола ўз отаси онасини ўлдириш билан таҳдид қилгани, акасини эса уйдан ҳайдаб юборганини айтиб, болалар омбудсманидан ҳимоя сўради.

U o‘z murojaatida oilasida faqat onasi doimiy ishda ishlashi, otasi rasmiy ish bilan band emasligi, faqat vaqti-vaqti bilan mavsumiy ishlab, topgan puliga har kuni spirtli ichimlik ichishini, yarim kechasi uyga kelib janjal qilishini, oila a’zolarini haqoratli so‘zlar bilan so‘kishi va urishini bildirgan.
Bolaga ko‘ra, otasi onasini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, akasini esa uydan haydab yuborgan. Onasi maishiy zo‘ravonlik tufayli himoya orderi olganini, lekin otasi himoya orderi talablariga rioya qilmayotganini bildirib, o‘zini, onasi va akasini otasining ruhiy va jismoniy zo‘ravonligidan himoya qilishni so‘ragan.
Bolalar ombudsmanining Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga yuborgan so‘rovi asosida voyaga yetmagan bolaning oilasi, yashash sharoiti va bugungi kundagi ahvoli o‘rganildi.
Tekshiruv davomida murojaatdagi vajlar o‘z tasdig‘ini topib, joriy yilning 14 avgust kuni onasiga otasi tomonidan zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazilishini oldini olish maqsadida berilgan himoya orderining talablariga rioya etish nazoratga olindi.
Jumladan, G‘.N. tuman sudi tomonidan Ma’muriy jinoyat kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topilib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, A.O‘.ning otasi spirtli ichimlikka ruju qo‘ygani yuzasidan sud qaroriga asosan majburiy davolanishga joylashtirish bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi. Ma’muriy qamoq jazosini o‘tab chiqqanidan so‘ng G‘.N. majburiy davolanishga joylashtirish choralari ko‘riladi.



