So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Dars soatlari taqsimlanayotganida qaysi o‘qituvchilarga ustunlik beriladi?
Umumta’lim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, har yili 15 sentyabrga qadar o‘qituvchilarga dars soatlari ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi

Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 15-bandiga ko‘ra, o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi:
Xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
Asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
O‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
Respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
Birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
Asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
Ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
Pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
O‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a'lo baholarga ega o‘qituvchilar;
Oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
Qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
Oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
Pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
O‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar (oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar);
Umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlar (oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar).
Ushbu ko‘rsatkichlar asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi. Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.



