So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi
Denov tumanida yashovchi16 yoshli o‘smir bezorilik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanmoqda. Prokurorning sudda o‘smir tergov va suddan yashirinishi, ochiqda qolsa boshqa og‘ir yoki o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etishi mumkinligi haqidagi iltimosnomasiga ko‘ra o‘smirga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Denov tumanidagi 75-umumta’lim maktabning 9-sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan o‘smir sud ajrimiga asosan qamoqqa olindi.
Sud ajrimida keltirilishicha, 2008 yilda tug‘ilgan E.M. oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilgan. U takroran jinoiy sheriklari bilan bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.
Jumladan, 2024 yil 27 may kuni soat 22:50da E.M. hamda uning jinoiy sheriklari Denov shahri, “Nurli-manzil” MFYdagi savdo do‘konlaridan birining oldida fuqaro M.D. va boshqalar bilan janjallashgan. Janjal paytida E.M. va uning sheriklari qo‘llarida bo‘lgan tosh hamda tayoqlar bilan M.D.ni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ular ushbu bezorilik holatining oldini olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ham qarshilik ko‘rsatgan.
E.M. bu orqali Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «a, g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni (bezorilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilishi) qasddan sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Prokuror o‘z iltimosnomasida E.M. dastlabki tergov va suddan yashirinish ehtimoli borligini, ochiqda qolgan taqdirda boshqa og‘ir yoki o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etishi mumkinligini bildirib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llashni so‘ragan. Sud iltimosnomani qanoatlantirgan.
O‘smir Denov tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasi orqali etap qilinib, Termiz shahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.