So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Sudlar faoliyatini yoritish borasida kasbiy mahoratni oshirishga bagʻishlangan trening boshlandi
Trening doirasida ochiq muloqot oʻtkazilib, unda sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, aholining sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlashda sudlarning ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan muloqot olib borishning huquqiy asoslariga doir masalalar muhokama etiladi.
Bugun, 22-avgust kuni Termiz shahrida “Ommaviy axborot vositalarida sudlar faoliyatini masʼuliyatli yoritishda jurnalist va blogerlarning kasbiy mahoratini oshirish” mavzusidagi trening oʻz ishini boshladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar uchun moʻljallangan hududiy trening Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “East-West Management Institute” NNT Oʻzbekistondagi filialining “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qoʻshma loyihasi doirasida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamkorligida tashkil etildi.
Trening ochilishida Oliy sudning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi boshligʻi Aziz Abidov, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Jahongir Azimov, “East-West Management Institute” (EWMI) NTTning Oʻzbekistondagi filiali direktori - “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) qoʻshma loyihasi rahbari Sonya Prostran va Surxondaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Odil Xudoyqulov ishtirok etdi.
Treningdan koʻzlangan maqsad sudlar faoliyatini yoritishda jurnalist va blogerlarning bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash hamda sud jarayonlari yoki muayyan sud ishini yoritish borasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish yuzasidan fikr almashishdan iboratdir.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda sudlar faoliyatini yoritish amaliyotining tahlili bilan bir qatorda malakali va tajribali sudyalar hamda mediatrenerlar tomonidan axborot sohasidagi qonunchilik, soʻz erkinligi va shaxsiy hayot daxlsizligi masalalariga eʼtibor qaratilib, ishtirokchilar sudlar faoliyatini masʼuliyatli yoritishning mohiyati va asosiy tushunchalari bilan tanishtiriladilar.
Trening doirasida ochiq muloqot oʻtkazilib, unda sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, aholining sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlashda sudlarning ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan muloqot olib borishning huquqiy asoslariga doir masalalar muhokama etiladi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaliy dars va mashgʻulotlar orqali aholi oʻrtasida keng muhokamalarga sabab boʻlgan (shov-shuvli) sud ishlari boʻyicha sud majlisini ommaviy axborot vositalarida yoritish, vizual axborotlarni tekshirishning oʻziga xosliklari, maqsadli auditoriyaning isteʼmol xususiyatlarini tahlil qilish, kontentni vizuallashtirish va autentik taʼsirni kuchaytirishning zamonaviy usullari hamda gender masalalari borasida tushuncha va maʼlumotlar beriladi.