So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Murojaatdan — daromadga” loyihasi doirasida 500 yuzdan ziyod ehtiyojmand oilalarga Prezident sovgʻalari topshirildi
Prezident Xalq qabulxonalari tomonidan hududlarda aholi bandligini taʼminlash, ularning daromad manbayini shakllantirish va shu asosda turmush farovonligini taʼminlashga qaratilgan “Murojaatdan — daromadga” loyihasi amalga oshirilmoqda.
“Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Surxondaryo viloyati Denov shahrida tashkil etilgan loyihaning navbatdagi bosqichi ham ushbu ezgu niyatlarga qaratildi.
Xususan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari — Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligida Xalq qabulxonalariga moddiy yordam masalasida murojaat qilgan ehtiyojmand, ishsiz ayollarga Prezident sovgʻalari – tikuv mashinalari tantanali ravishda topshirildi.
Xususan, Denov tumanida 100 ta, Oltinsoy tumanida 100 ta, Sariosiyo tumanida 100 ta, Uzun tumanida 100 ta hamda Shoʻrchi tumanida 105 ta, jami 505 ta ayollarga tikuv mashinalari berildi.
Shu bilan birga, har bir ayol oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻyib olishi uchun mahallasidagi yetakchi chevar tadbirkor ayollarga biriktirilib, ularning faoliyati nazoratga olindi. Yaʼni, Prezident Xalq qabulxonasi, sektorlar va “mahalla yettiligi” har bir kooperatsiya ish jarayonini doimiy monitoring qilib boradi. Tikuv mashinasi ajratilgan har bir murojaatchining avval barqaror daromadga chiqib, soʻng yaqin uch-toʻrt yil ichida oʻz oilaviy tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishigacha yaqindan yordam berib boriladi.
Bundan tashqari, 250 nafarga yaqin ishsiz fuqaroga subsidiya asosida motokultivator, pishiriq pechlari, sartaroshlik uskunalari kabi qator mehnat jihozlar topshirildi.
Shu tariqa yuzlab oilalarning daromadi shakllandi, roʻzgʻoriga fayz-baraka kirdi.
Tashkil etilgan mazkur tadbir katta festivalga aylanib ketdi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Tadbir doirasida turli koʻrgazmalar, yarmarkalar hamda sport musobaqalari ham tashkil etildi.
Jumladan, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligida “Istiqbol” mahallasida “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” yurish marafoni boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamda 1500 dan ortiq 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Armiyam – faxrim” shiori ostida harbiylarning chiqishlari, koʻrgazmalari hamda turli sport yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi. Erishayotgan yuqori natijalari, tashabbuskorligi va fidoyiligi uchun bir guruh yoshlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.