So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Andijonda maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan 18 mingga yaqin obyektlar aniqlandi
Andijon viloyatida ilgari maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan 17 ming 474 ta obyektlar aniqlandi. Bu haqda Effect.uzʻga Kadastrlar palatasi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Saydullo Saidov maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida yuridik va jismmoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish maqsadida oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra 2022-yil 1-yanvar holatiga 687 ming 711 ta obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Koʻchmas mulk-3” dasturiga kiritilgan edi.
Joriy yilning 1-dekabr holatiga ilgari maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan 17 ming 474 ta obyekt aniqlanib jami 705 ming 185 ta koʻchmas mulk obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar idoralararo integratsiyalashgan “Koʻchmas mulk-3” dasturiga kiritilishi taʼminlangan.

Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan 48 ming 992 ta koʻchmas mulk obyektlariga kadastr pasportlari shakllantirildi va 43 ming 353 ta koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha vujudga kelgan mulkiy huquqlari Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.