Qidirish

14:04 / 2024-08-21 218 0 Jamiyat

Aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklaydigan hujjatlar yozilishidan oldin baholanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–111-sonli farmoni qabul qilindi.

world-news

Farmon 243 ta qonunchilik hujjatidagi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, samaradorligi yuqori bo‘lmagan va amalga oshirish mexanizmlari

bilan ta’minlanmagan hamda korrupsiyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 350 ta norma va huquqiy bo‘shliqlarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va Hukumatining 183 ta hujjat va normalari bekor qilinib, qonunchilikni tartibga solish yuki kamaytirilmoqda.

Farmon bilan tartibga solish ta’sirini baholashning yangi tartibi joriy etilib, qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlashda va ularning ta’sirini baholashda ilmiy hamda nodavlat notijorat tashkilotlar

keng jalb qilinishi, qonun loyihalari bo‘yicha majburiy tartibda ilmiy-tadqiqot muassasalarining xulosasi olinishi belgilandi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab aholi va tadbirkorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan, ularga majburiyat yuklaydigan, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqacha cheklovlarni belgilaydigan hujjatlar ikki bosqichda TSTBdan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

TSTB nima? Qisqacha aytganda, yangi qonunning foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmasligini tekshirish usuli.

Bunda hujjat loyihasi yozilishidan oldin soddalashtirilgan tartibda baholashdan o‘tkaziladi va Adliya vazirligining xulosasi olinadi.

Soddalashtirilgan baholash natijasi bo‘yicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga ta’siri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar kengaytirilgan tartibda ikkinchi marotaba baholashga qaratiladi. Sog‘lom raqobat muhitini himoyalash maqsadida bunday tartib biznesga har qanday imtiyoz, preferensiya yoki yengillik berishni nazarda tutuvchi loyihalarga ham tadbir etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan 2021 yildan buyon loyihalarning

TSTBdan o‘tkazilishi natijasida, 5 trln so‘mdan ortiq xarajatlarga

olib keladigan normalar (tartibga solish vositalari) chiqarib tashlanishiga erishilgan.

Shu bilan birga, Farmon bilan qabul qilingan hujjatlarning ijro holatini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, hujjat qabul qilingach uning ijrosi har yili kuzatib boriladi, ijroga to‘sqinlik qilayotgan muammolar bartaraf etiladi va monitoring natijalari jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Bu orqali aholi va biznes uchun yuzaga keladigan ortiqcha va asossiz xarajatlar, ma’muriy to‘siqlarning oldi olinadi. Amaldagi samarasini bermaydigan, raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan imtiyoz

va preferensiyalar natijasida yuzaga keladigan davlat budjeti yo‘qotishlari sezilarli qisqarishiga erishiladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish