So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
500 mln soʻm, 100ta velosiped yoki elektromobil... Oʻzbekistonda eng toza mahallalar taqdirlanadi
Bu kabi tanlovlardan maqsad aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targʻib qilish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish, soha fidoyilarini qoʻllab-quvvatlash, chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik kerakligini taʼkidlashdir.
.jpg)
Chiqindi va tozalash ishlari sohalari xodimlarini ragʻbatlantirish, mahallalarni toza, chiqindilardan xoli hududga aylantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlari oʻtkaziladi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” va “Eng toza mahalla” tanlovlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 514-sonli qarorida belgilab qoʻyilgan.
Qarorga koʻra, “Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovida sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi kamida 10-yil sadoqatli mehnat qilgan xodimlar qatnashishi mumkin. Tanlov 1 sentabrda boshlanib, gʻoliblar 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun arafasida aniqlanadi va munosib taqdirlanadi. Gʻoliblarning davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt toʻlovi (bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridan oshmagan qismi) toʻlab beriladi.
“Eng toza mahalla” tanlovi esa har yili noyabr – yanvar oylarida tuman (shahar) saralash bosqichi, hududiy saralash bosqichi va respublika bosqichi shaklida oʻtkaziladi. Mazkur tanlov gʻoliblari 21-mart — Navroʻz bayrami arafasida munosib taqdirlanadi. Tanlov natijalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan gʻolib boʻlgan mahallalarning tegishli jamgʻarmasiga chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish, mahalladagi ijtimoiy obyektlarga chiqindi konteynerlari oʻrnatish hamda daraxt ekish uchun 500 million soʻmdan pul mukofoti oʻtkazib beriladi hamda xizmatda foydalanish uchun 1tadan elektromobil topshiriladi.
Bundan tashqari, sanitar tozalash korxonalarining chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash ishlarini bajaradigan hamda obodonlashtirish boshqarmalarining tozalash ishlari bilan shugʻullanuvchi ishchilariga, ekofaollarga hamda jamoatchilik ekologiya nazoratchilariga har oy 100tadan velosiped va boshqa mukofotlar beriladi.
Bu kabi tanlovlardan maqsad aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targʻib qilish, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish, soha fidoyilarini qoʻllab-quvvatlash, chiqindilarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik kerakligini taʼkidlashdir.



