So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Jizzaxdagi bog‘chada ikki bola ovqatdan zaharlandi
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning ovqatdan zaharlanishi qayd etildi. Bu haqda bolalar ombudsmaniga xabar kelib tushgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur holat o‘rganilganda holat 2 avgust kuni sodir bo‘lgani aniqlandi. Xususiy bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020 yilda tug‘ilgan) va S.T. (qiz bola, 2019 yilda tug‘ilgan) tana harorati ko‘tarilgani sababli ota-onasi tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan gumonlanib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha shu kunning o‘zida ushbu nodavlat ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 14 nafar bola ham tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlar kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olib borilgan. Ularda sog‘lig‘idan shikoyatlar aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.
Shuningdek, epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan.
Qayd etilishicha, hozirda Paxtakor tumani prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tayinlangan tegishli ekspertiza natijasidan kelib chiqqan holda prokuratura tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.