So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
Tuman va shaharlardagi sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizimni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Prezidentning "Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan tuman va shaharlardagi sanoat korxonalari bilan ishlash bo‘yicha "respublika – viloyat – tuman" tamoyili asosida vertikal tizimni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Hududlardagi sanoat korxonalari bilan manzilli ishlash uchun quyidagilar tashkil etiladi:
tuman va shaharlarda – hokimning birinchi o‘rinbosari rahbarligida, soliq va statistika organlari, banklar va iqtisodiy infratuzilma korxonalari rahbarlaridan iborat hududiy shtablar;
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari rahbarligida hududiy shtablar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabi.
2024 yil 1 sentyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tarkibida 5 ta shtat birligidan iborat Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ma bo‘limlar tashkil etiladi, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya bo‘limlarida esa sanoatni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Bunda yangi kiritilayotgan shtat birliklari vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati organlari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan ajratiladi.