Qidirish

09:11 / 2024-08-19 321 0 Jamiyat

Afrikada maymunchechak virusi bilan kasallanganlar soni keskin ortib bormoqda

Bir hafta ichida Afrika mamlakatlarida 1200 kishi mpox virusi bilan kasallangan. Yevropa Ittifoqida ham virus tarqalish xavfi darajasi keskin oshdi. 

world-news

 

Maymunchechak (mpox virusi) infeksiyasi Afrika mamlakatlarida juda tez tarqalmoqda. 17 avgust kuni e’lon qilingan Afrika Ittifoqi Sog‘liqni saqlash agentligi (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, birgina o‘tgan haftada 1200 yangi gumon qilingan yoki tasdiqlangan holatda uchta mpox kichik turi, shu jumladan xavfli Clade 1b varianti qayd etilgan. 

Idoraning ta’kidlashicha, yil boshidan buyon Afrika Ittifoqining 12 davlatida jami 18 737 ta infeksiya holati qayd etilgan va 541 kishi vafot etgan. 

YEIda mpox virusi bo‘yicha tahdid darajasi oshirildi 

Kasalliklar oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (ECDC) kasallanish holatlari «past»dan «o‘rtacha»gacha bo‘lgan hududlarda aholi va sayohatchilar uchun mpox virusi infeksiyasi (ilgari maymunchechak deb atalgan) xavfini oshirdi. Bu haqda 16 avgust kuni Stokholmda joylashgan ECDC ma’lum qildi. 

«Yevropa va Afrika o‘rtasidagi yaqin aloqalar tufayli biz virusning Clade 1 shtammi bilan infeksiyaning yangi import holatlariga tayyor bo‘lishimiz kerak», deya idora boshlig‘i Pamela Rendi Vagnerning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Reuters. 

Shvetsiyadagi bemorda mpox virusi infeksiyasi 
 
15 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Shvetsiyada mpox virusining yangi shtammi - Clade Ib bilan kasallangan bemorni tasdiqladi va infeksiya yuqishi Afrikada sodir bo‘lganligini ta’kidladi.

JSST ilgari Afrikada virus tarqalishi uchun eng yuqori ogohlantirish darajasini e’lon qilib, epidemiyani «sog‘liqni saqlash uchun xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat» deb atagandi. 

Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Karl Lauterbax Shvetsiyada mpox infeksiyasi aniqlanganini izohlar ekan, bu virus hozirda Germaniya aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirmasligini ta’kidladi. «Shvetsiyadagi holat Germaniya va Yevropa uchun xavfni baholashda hech narsani o‘zgartirmaydi», dedi Lauterbax.

Ilgari mpox haqida xabar berilmagan Burundi, Keniya, Ruanda va Ugandada 15 avgustgacha 1b variantining 90 ta holati aniqlangan, u avvalgi variantga qaraganda og‘irroq va ko‘proq o‘limga sabab bo‘ladi. JSST 14 avgust kuni Kongo Demokratik Respublikasida 14 mingdan ortiq kasallanganlar ro‘yxatga olingani, 524 kishi vafot etganini bildirdi. 2023 yil yanvar oyidan buyon mamlakatda 27 mingta infeksiya holati qayd etilgan, 1100 dan ortiq holat, asosan, bolalar o‘rtasida o‘lim bilan yakunlangan.

Izohlar 0

Fikr bildirish