So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
1000 dan ortiq fuqarolarning pullarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi
Toshkent shahrida yashovchi shaxs Telegram'da “Call center” nomli akkaunt ochib, ming nafardan ortiq fuqaroning 550 mln so‘m pullarini o‘zlashtirib olgani aniqlandi. U odamlarni asosan “Lamifarm” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda televizor va konditsioner yutib olganligi, yetkazib berish xizmatiga 200 ming so‘m to‘lashlari kerakligini aytib, aldagan.

Toshkentda firibgarlik yo‘li bilan ko‘plab odamlarning pulini o‘zlashtirib olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Samarqand viloyatida yashovchi B.O‘. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, noma’lum shaxs firibgarlik yo‘li bilan bank kartasidan 7,3 mln so‘m pulni o‘zlashtirganini aytgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.A. sodir etganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, gumonlanuvchi K.A. jabrlanuvchiga qo‘ng‘iroq qilib, unga “Lamifarm” tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda televizor va konditsioner yutib olganliginini bildirgan. So‘ngra ushbu yutuqlarni olish uchun yetkazib berish xizmatiga 200 ming so‘m o‘tkazib berish kerakligi hamda telefon qurilmasiga kod kelishini aytgan. Jabrlanuvchi Payme ilovasidan kelgan kodni aytishi bilan K.A. uning bank kartasidagi 7,1 mln so‘m pulni o‘tkazib olgan hamda o‘zini qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu shaxs telegramda “Call center” nomli akkaunt ochib, ming nafardan ortiq fuqaroning 550 mln so‘m pullarini o‘zlashtirib olgani aniqlangan.
Holat yuzasidan K.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



