So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Moskvada Krokus Siti Xolldagi teraktga aloqadorlarni hibsga olish muddati yana uzaytirildi
Moskvaning Basmanniy sudi Krokus Siti Xoll konsert zalida terakt sodir etishda ayblanayotgan to‘rt nafar ayblanuvchini hibsda saqlash muddatini yana bir bor uzaytirishga qaror qildi. Tergov ularni hujumning bevosita ijrochilari deb hisoblaydi. Tojikistonning to‘rt fuqarosini hibsda saqlash muddati 2024 yil 22 noyabrgacha uzaytirildi.

Joriy yil 22 mart kuni Krokus Siti Xoll konsert zalida ko‘plab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli terakt sodir bo‘ldi. Mazkur ish bo‘yicha ayblanuvchilar Tojikiston fuqarolari: Mirzoyev Dalerjon, Saidakrami Rachabalizoda, Fariduni Shamsutdin va Muhammadsobir Fayzov edi. Bundan tashqari, terrorchilarning sheriklari ham hibsga olindi.
Ilgari ularning barchasi joriy yilning 22 mayiga qadar tergov hibsxonasiga jo‘natilgan edi. 21 may kuni ularni hibsga olish muddatini 22 avgustga qadar uzaytirish haqidagi qaror kuchga kirdi.
Moskvaning Basmanniy sudi Krokus Siti Xoll konsert zalida terakt sodir etishda ayblanayotgan to‘rt nafar ayblanuvchini hibsda saqlash muddatini yana bir bor uzaytirishga qaror qildi. Tergov ularni hujumning bevosita ijrochilari deb hisoblaydi. Tojikistonning to‘rt fuqarosini hibsda saqlash muddati 2024 yil 22 noyabrgacha uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tgan. Mirzoyev Dalerjon, Saidakrami Rachabalizoda, Fariduni Shamsutdin va Muhammadsobir Fayzov sudga qamoqxona kiyimida olib kelinib, qo‘l va oyoqlariga kishan bog‘langan.
Ish yuzasidan jami 18 kishi hibsga olingan. Yana 2 nafariga profilaktika chorasi sifatida tark etmaslik to‘g‘risida tilxat berildi. Iyun oyiga kelib jinoiy ish bo‘yicha 1,7 mingdan ortiq kishi jabrlanuvchi sifatida tan olingan.
Terakt oqibatida 145 kishi halok bo‘ldi, 550 dan ortiq kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni "Islomiy davlat"ning "Viloyat Xuroson" guruhi o‘z zimmasiga oldi.



