So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sud endilikda deputatlarga hisobot topshirmaydi, ammo jamoatchilikka OAV orqali axborot beradi
Prezident tomonidan 14.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-943-son Qonun imzolandi.
Endilikda Xalq deputatlari kengashlari sud raislarini sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini eshitishmaydi. Taʼkidlanishicha, mazkur chora sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu talab 2018-yilda joriy etilgan edi.
Bundan tashqari, endilikda sud raislari har chorakda OAV orqali jamoatchilikni oʻz faoliyati haqida xabardor qilib borishadi.
Shu bilan birga, sudyani qamoqqa olish shartlari oʻzgarmoqda. Ilgari sudyaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat unga nisbatan oʻta ogʻir jinoyat yoki odam oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan boshqa jinoyat sodir etganlikda ayb qoʻyilgan hollarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan boʻlsa, endilikda ushbu ehtiyot chorasini sudya tomonidan ogʻir jinoyat sodir etilganda ham qoʻllash mumkin. Mazkur qonun 14.08.2024 dan kuchga kirgan.