So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Ovoz” Oʻzbekistonning imiji uchun xizmat qiladi. Hadeb malomat qilaversanglar, kerak boʻlsa uyimni sotib boʻlsa ham toʻlayman” — Ozodbek Nazarbekov
Bugun, 16-avgust kuni AOKAda Madaniyat vazirligi tomonidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgan xususan, byudjetdan 2 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan “Ovoz” koʻngilochar vokal isteʼdodlari musiqiy loyihasiga toʻxtalib oʻtdi.

Anjumanda Ozodbek Nazarbekov agar jamoatchilik sarflangan mablagʻga eʼtiroz bildirayotgan boʻlsa, pulni oʻz yonidan qaytarib toʻlashga roziligini bildirgan.
“Bir narsani tushuninglar, bugungi kunda Oʻzbekistonni nufuzini koʻtarishga “Ovoz” loyihasi ham xizmat qiladi. Agar shuning uchun 2 milliard soʻm sarflash jinoyat boʻlsa, men bunga roziman. Butun dunyoda yagona musiqiy shou mana shu loyiha boʻlib turibdi va 76 ta davlatda namoyish etiladi. Sarflangan 2 milliard soʻmga malomat qilaversanglar, shu pulni hozir uyimni sotib boʻlsa ham beraman.
Shunday katta loyiha Oʻzbekistonning nufuziga xizmat qiladimi yoki yoʻqmi? Kelinglar, shu haqda gaplashaylik. Bu loyihaning Oʻzbekistonga kirib kelishi Markaziy Osiyoning “poq” etib koʻzini ochib qoʻydi-ku. Menga telefon qilib, “Biz qachon qatnashamiz” deb soʻrashyapti. Shu kerak emasmi bizga?
Bitta sportchi ham shu ishni qilyapti, nufuzimizni koʻtarib bermoqda. Bu ham xuddi shunga oʻxshagan, mamlakatni yanada tanitadigan ish. Shu bilan birga, yurtimiz isteʼdodlarini birdan xalqaro maydonda koʻrsatib qoʻymoqda. Koʻrsatuv 76 ta mamlakatga uzatilmoqda, shuncha davlatdan eʼtibor boʻlyapti, Oʻzbekistonni dunyo xaritasidan qidirishyapti. Shu kerak menga.
Koʻrsatuv orqali Kubadan va boshqa mamlakatlardan ishtirokchilar kelmoqda va qatnashmoqda. Ishoninglar, bu isteʼdodlarni yuzaga chiqishiga, respublikamizning imijiga xizmat qiladi. Boʻldi, boshqa narsa bermaydi!” dedi vazir.
Shuningdek, shouning final bosqichiga unda hakamlik qilayotgan Ozodbek Nazarbekovga quda boʻlgan shaxsning farzandi — Madlen Sharipova hamda yana bir hakam Sevara Nazarxonning jiyani — Yulduz Nazarxonova yoʻl olgani ham turli eʼtirozlarga sabab boʻlgan.



