So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
IIV xodimlarini videoga olishni taqiqlovchi qonun rad etildi
Oliy Majlis Senati 16-avgustdagi yalpi majlisda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi qonunni ma’qullamadi. Qonun qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi. Endi parlament palatalarining kelishuv komissiyasi tuziladi.
“Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun 2023 yil 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda deputatlar tomonidan qabul qilib, Senat muhokamasiga yuborilgandi.
Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida olingan foto va videotasvirlarni ularni obro‘sizlantirish maqsadida, ya’ni yolg‘on, noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarni internetga joylashtirish BHMning 50 baravari miqdorida jarima solishga yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.