So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Oʻzbekiston fermerlari uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratildi. Paxtaning boshlangʻich narxi 7800 soʻmdan boshlanishi kutilmoqda
Fermerlar tomonidan ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosiga fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish uchun qoʻshimcha kelishuvlarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Prezidentning “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 12-fevraldagi PF-205-son Farmoniga asosan paxta xom ashyosini yetkazib berish boʻyicha fermer va klasterlar oʻrtasida imzolangan fyuchers shartnomalarida yetkazib berilishi lozim boʻlgan hajmdan ortiqcha yetishtirilgan, shuningdek klaster bilan fyuchers shartnomasini tuzmagan holda oʻz mablagʻlari, shu jumladan jalb qilingan mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobiga yetishtirilgan paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar tomonidan birja orqali tadbirkorlik subyektlariga sotish yoki (va) qayta ishlanishi belgilangan.
Bunda:
– fyuchers shartnomasi boʻyicha ortiqcha yetishtirilgan paxta xom ashyosi fyuchers shartnomasi tuzilgan klasterga toʻgʻridan toʻgʻri sotilishi mumkin;
– paxta xom ashyosini qayta ishlashdan olingan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlar (chigit, lint va oʻlik paxta) toʻliq hajmda birja orqali sotilishi belgilangan.
- Fermerlar ortiqcha yetishtirgan paxta xom ashyosini fyuchers shartnomasi tuzgan klasterga toʻgʻridan-toʻgʻri sotish uchun qoʻshimcha kelishuvlarni elektron tarzda rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.
- Bunda, fermer va klaster oʻrtasida normativ hosildorlikdan kelib chiqqan holda tuzilgan fyuchers shartnomasida koʻrsatilgan hajmdan tashqari kutilayotgan hosildorlikni toʻgʻridan toʻgʻri sotilishi koʻzda tutilgan.
Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
1. Xoʻjalik rahbari (fermer) elektron raqamli imzosidan foydalangan holda “CropAgro” axborot tizimiga (https://cabinet-crop.agro.uz) manzili boʻyicha kiradi;
2. Shartnomalar boʻlimiga kiradi.
3. Fyuchers shartnomalari qismida paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan avval tuzilgan fyuchers shartnomalari bilan tanishadi.
4. Klasterni tanlaydi, agar bir nechta fyuchers shartnomalari tuzilgan boʻlsa fermer oʻzi uchun mos kelgan klasterni tanlaydi va shartnoma tuzishni bosadi.
5. Paydo boʻlgan darchada yetishtirilishi kutilayotgan miqdor belgilab qoʻyilgan maksimal miqdor doirasida kiritiladi va saqlash tugmasi bosiladi.
6. Qoʻshimcha kelishuv matni avtomatik tarzda shakllantiriladi, u bilan tanishib chiqish, imzolash va klasterga imzolash uchun yuboriladi.
7. Paxta-toʻqimachilik klasterlari “CropAgro” axborot tizimiga (https://cabinet-crop.agro.uz) manzili boʻyicha kiradi va taklif etilgan qoʻshimcha kelishuvni imzolaydi yoki uni rad etadi.
8. Imzolangan qoʻshimcha kelishuv yuklab olish mumkin, shuningdek mazkur kelishuv foydalanuvchining kabinetida doimiy saqlanadi.
Shuningdek, yetishtirilgan paxta xom ashyosini Spot shartnomasi – birja tovarlarining ularni kechiktirmasdan (1 oy ichida) yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi asosida ham sotish mumkinligi eslatib oʻtiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining “paxta xom ashyosi seksiyasi”da paxta xom ashyosining narxi (1-nav, 2-sinf) Nyu-York birjasida paxta tolasining fyuchers kotirovkalarining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda, 2024-yilda xarid qilinadigan paxta xom ashyosining 1 kg uchun boshlangʻich narx 7800 soʻm etib belgilagan.