So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Namanganda ikki nafar IIO xodimini pichoqlagan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Namangan viloyatida fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 29 iyul kuni soat 20:50 da Uchqo‘rg‘on tumani Farg‘ona mahallasida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni mazkur mahallada yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotganini xabar qilgan.
Hududga tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan.
Ammo fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan ularni urib jarohat yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qamoqqa olindi, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



