So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Rossiyada o‘zbek jamiyati rahbari adovat va nafrat uyg‘otgani uchun 4 yilga qamaldi
Hududlararo “Vatandosh” o‘zbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratov ijtimoiy tarmoqlarda maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilarini haqoratlovchi tasvir bilan post chop etdi.

Avvalroq Moskvada o‘zbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratovga nisbatan nafrat uyg‘otgani uchun jinoiy ish ochilgani haqida xabar berilgandi.
Xabar qilinishicha, u tuxum narxlari haqida post joylashtirgan. Unda "tuxum bo‘lishi uchun xo‘rozlarni urushdan qaytaring" deyayotgan tovuqlar aks etgan edi.
Moskva viloyati Stupino shahar sudi ishni yopiq eshiklar ortida ko‘rib chiqdi va Baratovni adovat va nafrat qo‘zg‘atish moddasi (Rossiya Federatsiyasi JKning 282-moddasi 2-qismi) bo‘yicha aybdor deb topib, uni 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Sudda Usmon Baratov lingvistik ekspertiza noto‘g‘ri, butun jarayon noqonuniy ekanini aytib, hukmga rozi bo‘lmagan. Uning fikricha, ishni Stratsburgdagi inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHBЕ) ko‘rib chiqishi kerak.



