So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
"Andijon" futbol klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
Futbolchiga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida "Andijon" klubi futbolchisi va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida mojaro yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, joriy yil 11 avgust kuni Chilonzor tumanida joylashgan "Bunyodkor" stadionida "Bunyodkor" - "Andijon" jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
"Andijon" klubi a’zosi Marlen Chobanov stadionning VIP bo‘limida o‘yinni tomosha qilgan. Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, soat 22:05 da futbolchi VIP bo‘limi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega bo‘lmagan futbolchidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganligini, chiqish uchun boshqa yo‘lakdan foydalanishi zarurligini aytgan. Ammo futbolchi Marlen Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, uning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.