So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Omonatlarni kafolatlash tizimi isloh qilinadi
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
"Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Taklif etilayotgan loyihaga ko‘ra, kafolatlangan omonatlarning miqdori yuqori chegarasi bir bankda bir omonatchiga 200 mln so‘m miqdorida belgilash hamda buni tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Markaziy bank Raisi o‘rinbosari A.Turdaliyev taqdimotidan anglashilicha, qonun talablari qonun kuchga kirgandan keyingi davrda qabul qilingan omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni hozirda mavjud omonatlarga nisbatan summasidan qat’iy nazar to‘liq kafolat tizimi saqlanadi.
Mohiyatiga ko‘ra, yangi tizim ham yirik omonatchining omonatlari, aytaylik 35 bankka, 200 mln.so‘mdan taqsimlansa, qariyb 7 mlrd.so‘mlik omonatlarga davlat tomonidan kafolatlangan himoyaga ega bo‘lish mumkin.
Qonunning talablari kuchga kirsa, yirik omonatchilarning omonatlari bozordagi liderlardan boshqa banklarga qarab oqishni boshlaydi (masalan, xususiy banklardan davlat banklariga). Tabiiyki, xususiy banklar o‘zining hisobiga qo‘shimcha kafolatlash takliflarini ishlab chiqishiga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda, qonun ishga tushishidan oldin, yana bir o‘zgarishni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Bu fuqarolarning o‘z karta va omonatlaridan boshqa banklardagi o‘zining karta va omonatlariga pul mablag‘larini bepul o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq (PINFLga bog‘langangi uchun bu texnik jihatdan imkonli). Fuqarolar, xususan omonatchilar o‘z karta va omonatlaridagi mablag‘larni o‘z karta va omonatlari orasida erkin harakatlantira olishi bu nafaqat ertaga qonun kuchga kirgandan keyingi stresslarni yumshatadi, banklar o‘rtasida omonatlar uchun raqobatni ham kuchaytiradi.
O‘tgan yili "Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasi qonun loyihasi regulation.gov.uz'ga joylashtirilgan, keyinroq yo‘q bo‘lib qolgan edi.