So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Bir oylik harbiy xizmat to‘lovi miqdori oshiriladi
O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Kuzda mazkur miqdor oshirilishi hisobiga to‘lov narxi ham oshadi.

Joriy yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming so‘m etib belgilandi.
Safarbarlik chaqiruv rezervi to‘lov badali bevosita mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 barobariga teng. Yaʼni 1-sentyabrdan bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov miqdori hozirgi 7 million 350 ming so‘mdan 8 million 85 ming so‘mga oshiriladi.
Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badallari xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1 yil mobaynida biryo‘la yoki bosqichma-bosqich (bo‘lib to‘lash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan to‘langan pul badallari summasi Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablag‘lari” maxsus hisobraqamida jamlanadi. Mablag‘lar muddatli harbiy xizmatchilarga nafaqa pulini to‘lash, vazirlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari taʼminotiga yo‘naltiriladi.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga to‘lgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tash davrida oylik harbiy yig‘inlarni o‘tashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin.



