So`ngi yangiliklar
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Salim Abduvaliyev vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV mas’uliga ko‘ra tarqalgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Ezgulik” inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Facebook'da yozishicha, bu haqda xabar 11 avgust kuni YouTube'dagi kanallarning birida paydo bo‘ldi. Ayrim Telegram kanallar bu ma’lumot feyk ekani haqida yozmoqda.
IIV mas’uliga ko‘ra tarqalgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev 1950 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, jamoatchilik asosida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlagan.
U 2023 yilning dekabrida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida qo‘lga olingandi. Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) bilan gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Salim Abduvaliyevga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Unga muvofiq Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgani sababli jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, jinoyat ishining shu qismi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) 1-qismi 1-bandiga asosan tugatildi.
Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.



