So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namanganda o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan maktab direktori jarimaga tortildi
Pop tumanidagi maktablardan birida pedagoglarni muassasaga chaqirtirib, o‘t-o‘lan yulishga majburlagan direktor 17 million so‘m jarimaga tortildi.
Namangan viloyati Pop tumanidagi 43-maktab direktori pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, muassasa hududini tozalashga, o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, maktab direktori M.Marasulova o‘qituvchilarning vazifasidan tashqari ishlarni qilishni istamaganlardan 500 ming so‘mdan pul talab qilgan. Qolaversa, ularni o‘quvchilarning ota-onalaridan pul yig‘ishga ham majburlagani ta’kidlangan.
Holat yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, vaziyatni vazirlikning Pop tumani bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rgangan.
Shunga muvofiq Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda hukumatning 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilgani aniqlangan.
Tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga asosan BHMning 50 baravari, 17 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ularni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish taqiqlanadi.