So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Ulli hovli” haqida bilasizmi?
Xorazm viloyatining Urganch tumanida joylashgan XVII asrga oid tuproqli qalʼa haqida nimalar maʼlum?

"Ulli hovli" Xorazm viloyati Urganch tumani Gʻoybu qishlogʻidagi Turkmanlar mahallasi hududida joylashgan tarixiy majmua. “Ulli hovli” majmuasi 1640—1694-yillarda, Abulgʻozi Bahodirxon davrida bunyod etilgan. XVII asrga oid “Ulli hovli” tuproqli qalʼasi 2013—2015-yillarda Xorazm viloyatining turizm sohasini rivojlantirish dasturiga muvofiq majmuada rekonstruksiya ishlari yakunlandi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida Urganchdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan “Ulli hovli” qadimiy qalʼasi sayyohlik majmuasiga aylandi. Majmuada tuyalar, otlar va parrandalar saqlanadigan joylar, eski tegirmon va qadimiy quduq mavjud.
“Ulli hovli” 2017-yildan 2018-yilning 25-apreligacha Davlatnazar Rajabovning tashabbusi bilan qayta tamirlandi va turistik maskanga aylantirildi. 2018-yil 25-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gulbanguli Berdimuhammedovlar Xorazm viloyatiga tashrifi davomida “Ulli hovli” majmuasida boʻldilar “Doʻstlik uyi”ning ochilishi va ushbu qaʼla bilan tanishdilar.
Hozirda bu yerda hunarmandchilik maskani, restoran, 15 oʻrinli mehmonxona, muzey, kinozal, fotogalereya, nortuyalar boqiladigan maxsusu joylar tashkil etilgan.
2020-yil 29-dekabrda Vazirlar Mahkamasining 815-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xorazm viloyati Madaniyat boshqarmasi tarkibida “Oʻzbek-Turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi direksiyasi davlat muassasasi sifatida tashkil etildi.



