So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Saudiya Arabistoni podshohligi Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markaziga muqaddas Kaʼba yopinchigʻi boʻlagini hadya etadi
Maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va gʻoyasi bilan mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi mega-loyihasi amalga oshirilmoqda.
Maʼlumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va gʻoyasi bilan mamlakatimizda Islom sivilizatsiyasi markazi mega-loyihasi amalga oshirilmoqda. Markaz tomonidan xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari, muzey va kutubxonalari va sohaga oid idoralari bilan aloqalar oʻrnatilmoqda.
Ana shunday muloqotlar doirasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Xaj va Umra vazirligining Jidda shahridagi qarorgohida masʼullar bilan uchrashdi. Delegatsiyani Xaj va Umra vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti rahbari hamda vazirning Jidda shahridagi vakili Hasan ibn Yahyo kutib oldi.
Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va Xaj va Umra vazirining Jidda shahridagi vakili Hasan ibn Yahyo oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. Unda, bugungi kunda diniy islohotlar natijasida ilmiy tadqiqot, diniy muassasalar tashkil etilgani va bundan maqsad esa, diyorimizdagi ulugʻ ajdodlarimizning madaniy merosini tiklash, asos solingan ilmiy taʼlim muassasalarini qayta rivojlantirish, faoliyatini oʻrganish, shu bilan birgalikda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsad qilingani aytildi. Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan Saudiya Arabistonidagi boy ilmiy, tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan muzeylar, tarixiy obidalar va islom sivilizatsiyasini oʻzida mujassam etgan maskanlarni oʻrganish koʻzda tutilgani ham eʼtirof etildi. Uchrashuvda Saudiya Arabistoni va Oʻzbekistonning doʻstona munosabatlari, diplomatik aloqalari yuksak darajada ekanligi tilga olindi. Xususan, roppa-rosa bir yil avval, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga qilgan tashrifi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarishga yordam bergani ham taʼkidlandi. Shuningdek, oʻtgan yili sentyabr oyida Xaj va Umra vaziri Oʻzbekistonda boʻlib, koʻplab yangi bitimlar tuzilishiga erishilganini eslab oʻtdi.
— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu markaz muzeyini yangi mazmun bilan boyitish boʻyicha bir qator topshiriqlar bergan. Shu asosida, ilmiy jamoatchilik fikrlari ham oʻrganilyapti, qator qarorlar qabul qilinyapti. Xalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar asosida, mana bugun Saudiya Arabistonidamiz. Bir necha kun davomida delegatsiyamizga yaqindan yordam bergani uchun Saudiya Arabistoni hukumati, Vazir janoblari va barcha masʼullarga oʻzimizning samimiy minnatdorligimizni bildiramiz. Muzeylar faoliyatini oʻrganish, tajribalar bilan oʻrtoqlashish foydadan holi boʻlmadi, - dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori ushbu vazirlik masʼullarini Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻtadigan xalqaro kongressga taklif qildi. Oʻz navbatida, Xaj va Umra vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti rahbari Hasan ibn Yahyo bu taklifni samimiyat bilan kutib olgani va albatta, ishtirok etishga rozi ekanini bildirdi.
Hasan ibn Yahyo Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi hamkorlik mustahkam ekani va oʻzi ham Oʻzbekistonda boʻlgan vaqti Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgani, uning ochilishini intiqlik bilan kutayotgani, diniy-maʼrifiy sohada markaz muzeyi ekspozitsiyasini yangi mazmun bilan boyitishda har qanday koʻmakka, fikr almashishga tayyor ekanini bildirdi. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishiga, muzey uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi muqaddas Kaʼba yopinchigʻi (kisva) boʻlagini tuhfa qilish istagini alohida taʼkidladi. U davlatlarimiz oʻrtasidagi uch bosqichli hamkorlikka alohida toʻxtalib oʻtdi.
— Avvalambor, Saudiya Arabistoni va Oʻzbekiston davlatlari rahbarlari oʻrtasidagi diplomatik aloqalar mavjud. Qolaversa, ikkinchi bosqichda – Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamda Xaj va Umra vazirligi oʻrtasida ilmiy aloqalar, doʻstona munosabatlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Mana endi esa, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari boshchiligidagi delegatsiyani Saudiya Arabistoniga tashrifi esa, ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi boʻlib oʻtgan muloqotlarning amaliy natijasi desa boʻladi. Taʼkidlash joiz, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini qurilishi tahsinga sazovor. Negaki, aynan islom madaniyati, sivilizatsiyasi bilan bogʻliq masalalarni bir markazda jam qilish oqilona siyosat, - dedi Hasan ibn Yahyo.
Uchrashuv asnosida, kelgusidagi hamkorlikning muhim jihatlari oʻzaro kelishib olindi. Har ikki tomon ham hamkorlikka ochiq ekanini bildirdi. Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha butunjahon jamiyati tomonidan nashr etilgan kitob-albomi tuhfa etildi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuv hamkorlikni yanada yangi bosqichlarga olib chiqishi eʼtirof etildi.