So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Navoiy va Toshkentda Ombudsman aralashuvidan soʻng ishchilarning qariyb 850 mlnlik ish haqlari undirildi
Ombudsman aralashuvidan soʻng ishchilarning qariyb 850 mln soʻm ish haqlari toʻliq undirilgan. Qayd etilishicha, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) ga bir guruh fuqarolar tomonidan ularning ish haqlari asossiz toʻlanmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Murojaatda 549 nafar ishchilarning manfaatida 24 nafar fuqaro Navoiy viloyatidagi issiqlik taʼminoti korxonasi hamda 8 nafar fuqaro Toshkent shahridagi qurilish korxonasi ustidan shikoyat qilingan.
Maʼlum qilinishicha, ish faoliyatini yakunlagan ishchilarning ish haqlari va boshqa toʻlovlar toʻlab berilmagan. Korxona rahbariyati mazkur holatning yuzaga kelishiga korxonadagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab qilib koʻrsatgan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olingan holda joyiga chiqib oʻrganilib, natijada keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan.
Oʻrganish yakunlariga muvofiq, Ombudsman tomonidan tegishli taʼsir choralari kiritilib, natijada 581 nafar ishchining 850 mln soʻmga yaqin ish haqlari toʻliq undirib berilgan.
Maʼlumot uchun, Mehnat kodeksining 244-moddasiga binoan ish beruvchining oʻz moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq toʻlashni amalga oshirish majburiyati belgilangan.