Qidirish

09:12 / 2024-08-09 353 0 Jamiyat

Fargʻonada boʻlib turgan Respublika ishchi guruhi aholi murojaatlarini qisqa muddatda bartaraf etmoqda

Davlat rahbari topshirigʻiga asosan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Fargʻonada davom ettirmoqda.

world-news

Prezident maslahatchisi oʻrinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi guruh Qoʻqon shahrining 19 ta mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish, bandlikni taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilgan.

Ishchi guruh oʻrganishlari davomida aholi tomonidan 1,1 mingdan ziyod masala boʻyicha murojaat kelib tushgan boʻlib, ularning deyarli 50 foizga yaqini qisqa muddatlarda bartaraf etilgan.

Jumladan, murojaatlardan kelib chiqqan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 13 ta ijtimoiy soha obyektlari atroflicha oʻrganildi. Aniqlangan muammoli 16 ta masalalar boʻyicha taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Bundan tashqari, ichki yoʻllar holatini yaxshilash maqsadida 2 km masofa asfaltlashtirilib, 10 km.ga yaqini shagʻallashtirildi. Xonadonlarning elektr taʼminotini yaxshilash uchun 1 ta yangi TP oʻrnatilib, 3 tasi taʼmirlandi, 8 km yoʻl boʻyiga yangi temir-beton tayanchlar oʻrnatilgan.

“Mahalla yettiliklari” bilan hamkorlikda “Sayxunobod tajribasi” asosida 5 ta mikroloyihalar amalga oshirildi, natijada 100 ga yaqin fuqaro doimiy ish bilan taʼminlangan.

Prezident Xalq qabulxonasi va “mahalla yettiligi” tavsiyasi bilan “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash”, “Oilaviy tadbirkorlik” hamda “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida 73 nafar fuqaroga 1.4 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit va mikroqarzlar ajratib berilgan.

Oʻrganishlar davomida aniqlangan 509 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga manzilli yordamlar koʻrsatilgan. Xususan, 4 nafar ogʻir sharoitda yashayotgan fuqaroning xonadoni taʼmirlab berilmoqda, 350 dan ziyod ogʻir sharoitda yashayotgan fuqarolarga moddiy yordamlar koʻrsatilgan. Shu bilan birga, Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida 130 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar, 14 nafariga nogironlik aravachalari yetkazilib, 39 nafariga davolanish uchun bepul order berilgan.

Respublika ishchi masʼullari va “mahalla yettiligi” ishtirokida 59 ta ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari koʻrildi, 50 ta notinch oilalardagi nizolarga barham berilgan, 10 nafar fuqaroga tazyiq va zoʻravonlikdan himoya orderi berilgan. Respublika ishchi guruhining faoliyati davom etmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish