So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Endi “mahalla qoʻshiqchilari” ham litsenziya asosida ishlaydi
litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan boshlovchilar, raqqosalar, sozandalar tomonidan restoranlar, barlar, qahvaxonalar, xususiy uylarda yubiley tantanalarda, toʻylarda xizmat koʻrsatish, (FHDYOdagi marosim, “osh berish” marosimi, kechqurungi nikoh tuzish — “nikoh toʻyi” marosimi, “kelin salom” marosimi), “sunnat toʻyi” marosimida xizmat koʻrsatish, koʻngilochar tashkilotlarda — klublar, diskotekalarda xizmat koʻrsatish litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi.
Yaʼni, boshlovchilar, tadbirlarda ishtirok etuvchi raqqosalar, sozandalar oʻz xizmatlarini litsenziya asosida olib borishlari belgilangan. Bu haqda “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 165-moddasiga asosan - litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, muassasa Konsert-tomosha, toʻy-marosimlar va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshlovchilar, raqqosalar, sozandalar litsenziyasiz faoliyat olib bormasligini, aks holda javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.



