So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Bilim va malakalarni baholash agentligi qancha abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi
Agentlik press-relizida qayd etilishicha, test sinovlarida ishtirok etgan 159 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli chetlashtirilgan.
Bugun, 8-avgust kuni AOKAda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida 2024/2025 oʻquv yili uchun taʼlim tashkilotlariga kirish test sinovlarining dastlabki yakunlari yuzasidan maʼlumot berildi.
Qayd etilishicha, 2024-2025 oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-25-iyul kunlari “avval test, soʻng tanlov” tamoyiliga muvofiq 73 ta katta sigʻimli binoda ochiq va xolis oʻtkazilgan.
Jarayonni xavfsiz va betalafot oʻtkazish uchun 1 578 nafar ichki ishlar, 833 nafar Milliy gvardiya, 314 nafar Yongʻin xavfsizligi va 233 nafar Sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari jalb etilgan.
Test sinovlari shaffofligini taʼminlash maqsadida, test sinovlari jarayonining onlayn translyatsiyasi televideniye orqali (“Viasat Explorer” telekanalida) uzatilgan va test2024.uz veb-saytida toʻgʻridan toʻgʻri yoritilgan.
Abituriyentlarning ota-onalari hamda keng jamoatchilik uchun soya-salqin kutish joylari va yengil ovqatlanish shoxobchalari tashkil etildi va test jarayonini onlayn kuzatishlari uchun katta ekranlar oʻrnatilgan.
Test sinovlarini adolatli va shaffof oʻtkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov oʻtkazish orqali 3 000 nafarga yaqin guruh nazoratchisi, shuningdek, gapirish va eshitishda nuqsoni boʻlgan abituriyentlarga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida 120 nafar surdotarjimon jalb etilgan.
Test sinovlarining har kunlik natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida sinov oʻtkazilgan kunning ertasiga eʼlon qilib borilgan.
Hujjat topshirgan 805688 nafar abituriyentning 740 352 nafari (91,9%) test sinovlarida ishtirok etdi, 65336 nafar (8,1%) abituriyent turli sabablarga koʻra qatnashmagan.
Test sinovlarida ishtirok etgan 740 352 nafar abituriyentdan 418 ming nafardan ortigʻi yoki 56,5%( 2023-yilda 53.3%) 56,7 dan yuqori ball toʻplagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan. 321 ming nafardan ortigʻi yoki 43,5% (2023-yilda 46.7%) abituriyent 56,7 dan past ball toʻplagan holda tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlolmagan
Abituriyentlarning 210 nafari (2023-yilda 119 nafar) 189 va undan yuqori ball toʻpladi (shundan 91 nafari 189 dan yuqori ball toʻplagan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari hisoblanadi).
Ular orasidagi eng yuqori koʻrsatkich 217,4 ball toʻplagan imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari tarix va chet tili boʻlgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchisida qayd etildi. Shuningdek, 189 va undan yuqori ball toʻplagan 210 nafar abituriyentning:
77 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari tarix va chet tili boʻlgan;
43 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari biologiya va kimyo boʻlgan;
40 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari ona tili va adabiyot hamda ingliz tili boʻlgan;
21 nafari imtihon topshirgan fanlar majmuasidagi asosiy fanlari davlat huquq asoslari va chet tili boʻlgan abituriyentlar hisoblanadi.
Shuningdek, test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlarning 43 677 nafari (2023-yilda 25 661 nafar) chet tili sertifikatiga ega boʻlgan abituriyentlar boʻlib, shundan 76 nafari maksimal (189,0) ball toʻplagan. Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlar esa 13 142 nafarni (2023-yilda 3 255 nafar) tashkil etgan holda, ulardan
118 nafari maksimal (189,0) ball olgan. Ham umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikatga, ham chet tili sertifikatiga ega boʻlgan abituriyentlar soni 4 259 nafar (2023-yilda 355 nafar) boʻlib, shundan 74 nafari maksimal (189,0) ball toʻplagan.
Test sinovlari davrida jami 159 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
Jumladan, 62 nafar abituriyent hududga kirish joyida va 97 nafar abituriyent imtihon jarayonida test sinovlari tartib-qoidalarini buzganligi aniqlangan. Abituriyentlarga 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali test sinovlarida toʻplagan balidan kelib chiqib beshtagacha oliy taʼlim muassasasi va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlash imkoniyati berilgan.
Shuningdek, Bilimni baholash agentligi tomonidan 2024/2025 oʻquv yili uchun 25-27-iyul kunlari akademik litseylarga kirish test sinovlari ham oʻtkazildi.
Bunda:
respublika oliy taʼlim muassasalari akademik litseylari, Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi akademik litseylar, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylar, “Temurbeklar maktabi”, “Yosh chegarachilar”, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseylarga kirish test sinovlarida jami qatnashishi kerak boʻlgan 62 728 nafar talabgordan 55 301 nafari yoki 88,2 %i qatnashgan.
Jami 7 427 nafar yoki 11,8 % talabgor test sinoviga kelmadi.
Akademik litseylarga kirish test sinovlari shaffofligini taʼminlash maqsadida, imtihonlar televideniye orqali (“Viasat Explorer” telekanalida) hamda test2024.uz veb-saytida onlayn translyatsiya qilingan.