So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
“Orzu” koʻrgazmasi: Sunʼiy idrok bolalar orzularini haqiqatga aylantiradi
“Orzu” loyihasi koʻzi ojiz bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ular tomonidan tasvirlangan fikrlar asosida yaratilgan asarlar koʻrgazmasi va sotuvi ilk bor Oʻzbekistonda keyinchalik xalqaro miqyosda tashkil etishdan iborat.

“Butunjahon Yoshlar Festivali” doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Mehrli qoʻllar” fondi, AVO Bank va WE Digital marketing agentligi hamkorligida loyihaning ilk – “Orzu” nomli noyob koʻrgazma-auksioni tashkil etilmoqda.
“Orzu” – bu inson ijodkorligi va sunʼiy intellektning maxsus uygʻunlashuvidir. Koʻrgazmada koʻzi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar shunchaki surat emas, balki bolalarning chuqur va taʼsirchan xayollari va tasavvurlarining aksidir.
Koʻrgazmada “Sharm Studio” rassomlari tomonidan qogʻozga tushirilgan, sunʼiy intellekt orqali yaratilgan 20 ta surat namoyish qilinadi. Xayriya koʻrgazmasida sotilgan ijodiy ishlar tushgan mablagʻlar koʻzi ojiz bolalarning koʻrish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yoʻnaltiriladi. Bizga qoʻshiling va bolalarning orzu qilgan dunyosini koʻrishlariga yordam bering.
Shuningdek, Payme, Click va Payze toʻlov xizmatlari orqali ham loyiha uchun mablagʻ xayriya qilish imkoniyati mavjudligi hamma uchun qulaylik yaratadi.
Nega bu muhim?
Bu koʻrgazma shunchaki suratlarni namoyish qilishdan koʻra muhimroqdir. Bu bolalarning qalblari bilan koʻrgan dunyosiga yaqinlashish imkoniyatidir. “Orzu” loyihasi bizga tasavvur kuchini va har bir bolaning orzularini qoʻllab-quvvatlash qanchalik muhim ekanligini eslatadi.
Xayriya koʻrgazmasida xalqaro tashkilotlarning oʻzbekistondagi vakillari, xorijiy davlat elchilari, tadbirkorlar, jamoat faollari, blogerlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Koʻrgazmada Sizning ishtirokingiz dunyoni his qilish orqali “koʻradigan” bolalarni juda xursand qiladi. Keling va bolalarning orzularini qoʻllab-quvvatlang!



