So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
1500 dan ortiq yerga oid huquqbuzarlik: Toshkent viloyatida yer nazorati tadbirlari kuchaytirildi
Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan olib borilgan nazorati tadbirlarida jami 1 511 ta yerga oid huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.
Eng koʻp holatlar quyidagi hududlarda qayd etilgan: Boʻstonliq tumani - 125 ta; Yangiyoʻl tumani - 117 ta; Yangiyoʻl shahri - 81 ta; Parkent tumani - 77 ta.
Ayni kunlarda esa viloyat hududlarida yer nazorati kuchaytirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagilar nazarda tutilgan.
dronlar yordamida nazorat tadbiri olib borish;
kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklarni aniqlash;
aniqlangan holatlarni maxsus planshetlar yordamida tizimga kiritish va onlayn nazorat qilish;
jinoyat alomatlari bor, yaʼni sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlarni Prokuratura organlariga yuborish.
Shu oʻrinda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi fuqarolardan noqonuniy qurilish qilmasliklarini, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olmasliklarni va egalik huquqi mavjud boʻlganda esa oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazishlarini soʻrab qoladi.