So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston maxsus xizmat rahbarlari Fargʻonada uchrashdi
Kecha, 6-may kuni Fargʻona shahrida Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston xavfsizlik xizmati raislari uchrashuv oʻtkazgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari – mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Qamchibek Tashiyev, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik boʻyicha Soymoʻmin Yatimov va Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov oʻzaro muzokara oʻtkazgan.
Taʼkidlanishicha, muzokaralar chogʻida tomonlar ochiq va maxfiy tarzda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashga oid barcha muammolar koʻlamini atroflicha muhokama qilgan. Shuningdek, muloqotda mintaqadagi terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya, kontrabanda va transchegaraviy xarakterdagi tahdid va tahlikalarga qarshi kurashish kabi dolzarb sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Tomonlar oʻrtasida chegaradosh hamkorlik va umuman olganda, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga toʻxtalib oʻtilgan.
Muloqotda Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya qilish bilan bogʻliq kun tartibidagi masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasidagi chegaralarni demarkatsiya qilish masalalari konstruktiv tarzda koʻrib chiqilgan.
Uchrashuv ishtirokchilari qirgʻiz-tojik chegaralarini delimitatsiya qilish va oʻzbek-qirgʻiz davlat chegaralarini demarkatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishdi va tomonlarning oʻzaro manfaatlarini hisobga olgan holda ushbu masalalarni hal etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilab olgan.
Muzokaralar yakunida Qirgʻiziston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi aʼzolariga chegaraning qolgan uchastkalarini muvofiqlashtirish, shuningdek, tegishli ikki tomonlama shartnomani tayyorlash va imzolash boʻyicha aniq topshiriqlar berilgan.



