So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
«Bu katta yutuq» — Falkov Oʻzbekistondagi Rossiya OTMlari faoliyatini yuqori baholadi
Rossiya Taʼlim va fan vaziri Valeriy Falkov Oʻzbekistonga tashrifi doirasida MISiSning Olmaliq shahridagi filiali bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, OTM 2018-yildan buyon filial Oʻzbekiston kon-metallurgiya sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelmoqda. Bu yerda 850 dan ortiq kishi tahsil oladi. Oliygoh «Olmaliq KMK», «Navoiy KMK», «Oʻzmetkombinat», «Oʻzvtortsvetmet» va boshqalar uchun kadrlar tayyorlab beradi. Vazir bu yerda taʼlim yuqori darajada tashkil etilganini taʼkidladi.
«Bu mening Oʻzbekistonga birinchi tashrifim va shuni aytishim mumkinki, bu yerda koʻrgan Rossiya OTMlari filiallari mukammal jihozlangan, kadrlar tayyorlash jarayoni mutaxassislar kim va nima uchun tayyorlanayotganini yaxshi tushungan holda tashkil qilingan. Va eng asosiysi bu ushbu OTMlarda men oʻquvchilarning yonib turgan koʻzlarini koʻrdim.
Aziz doʻstlar, bu katta yutuq, biz bundan buyon ham faol ishlashimiz, mamlakatlarimizni yanada rivojlantirish yoʻlida bilim va koʻnikmalarni oshirishimiz kerak. Filial faol va uygʻun rivojlanayotganini koʻrib turibmiz. – Bu yerda yuqori sifatli oliy taʼlim olish, yoshlarni Rossiya va Oʻzbekiston madaniyati va tarixi rang-barangligi, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikning barcha dinamikasini chuqur anglagan holda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan», — dedi Rossiya Taʼlim va fan vaziri.
Tashrif yakunida vazir Valeriy Falkov Olmaliq filiali hududida oʻtkazilgan koʻchat oʻtqazish marosimida ishtirok etdi.



