So`ngi yangiliklar
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
OPEK Oʻzbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan jozibador sharoitlarni eʼtirof etdi
Kecha, 1-may kuni Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi rahbariyati va OPEK (Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
.jpg)
Uchrashuvda, Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, «El-yurt umidi» jamgʻarmasi ijrochi direktori A. Bekmurodov hamda OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi Prezidenti Abdulhamid Al-Halifa, jamgʻarma direktori Musab Alomar, jamgʻarma menejeri Olga Mixaylovalar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni muhokama etgan.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, energetika sohalarida erishilayotgan ulkan natijalar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan jozibador sharoitlar OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi Prezidenti tomonidan eʼtirof etilgan.
Muloqot davomida, tomonlar energetika, transport sohalari, yashil iqtisodiyot, kambagʻallikni qisqartirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, infratuzilmalarni barqaror rivojlantirish yoʻnalishlarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda bevosita ishtirok etayotgan toʻrli boʻgʻindagi davlat xizmatchilari uchun OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi koʻmagi ostida turdosh loyihalar ishga tushirilgan davlatlarda qisqa va uzoq muddatli stajirovka va oʻquv dasturlarini amalga oshirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishilgan.
Xalqaro jamgʻarma Prezidenti mazkur uchrashuv samarali boʻlganini taʼkidlab, Akademiya va «El-yurt umidi» jamgʻarmasi OPEK davlatlaridagi qator sohalarda erishilgan yutuqlar «bilim-transferi» boʻlib, oʻzbek mutaxassislari tomonidan oʻzlashtirilishiga shubha qilmasligini aytdi.
Maʼlumot uchun, Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) — neft qazib olish kvotalari ustidan nazorat qilish uchun tuzilgan xalqaro hukumatlararo tashkilotdir. 1960-yil sentyabr oyida tashkil etilgan.
2023-yil oktyabr holatiga koʻra OPEK tarkibiga 12 ta davlat kiradi: Jazoir, Venesuela, Gabon, Iroq, Eron, Kongo, Quvayt, Liviya, Birlashgan Arab Amirliklari, Nigeriya, Saudiya Arabistoni, Ekvatorial Gvineya. Bosh qarorgohi Avstriya poytaxti — Vena shahrida joylashgan.



