So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent viloyatida «Aksiya»ga tayyorgarlik koʻrganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
«Boʻstonliq tumanida yer qonun buzilishini sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi» — deya xabar bermoqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi.
Aniqlanishicha, Boʻstonliq tumani, Qizilsuv MFY hududidagi davlat zaxirasida boʻlgan yaylov yerlari nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik egallanib, 36 sotix yer maydoni oʻrab olingan va qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kadastr agentligi Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan toʻplangan maʼlumotlar Qoʻshma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan va yer qonun buzilishini sodir etgan fuqaro shaxsi aniqlangan.
Ayni paytda holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qurilmalar esa Qizilsuv mahalla faollarining tashabbusi bilan bartaraf etilgan.

Mazkur qurilmalar nomigagina koʻtarilganligi va hattoki poydevorsiz ekanligi, katta ehtimol bilan yaqin muddatlarda tasdiqlanishi kutilayotgan aksiya bahona hujjatlashtirish maqsadida amalga oshirilganligi taʼkidlanmoqda.

«Ayni kunlarda aholi orasida koʻplab muhokamalarga sabab boʻlayotgan va hukumat tomonidan tasdiqlanishi kutilayotgan Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga nisbatan huquqni eʼtirof etish toʻgʻrisidagi Qonun loyihasida koʻrsatilgan birinchi shartlaridan biri bu 2018-yil 1-mayga qadar oʻzboshimchalik bilan egallagan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquq berilishidir», deya taʼkidlamoqda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Yulduz Oʻralova.
Maʼlumot oʻrnida, kuni kecha Kadastr agentligi tomonidan eʼlon qilingan «Dolzarb 40 kunlik» doirasida Toshkent viloyatida nazorat reydlari boshlangan.