So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Muborak Ramazon oyida Xorazmdagi ehtiyojmand oilalarga Prezident sovgʻalari topshirildi
Davlat rahbari bahorning ilk kunlarida Xorazm viloyatiga tashrifi chogʻida viloyatda ishsizlikni kamaytirish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha aniq muddatli topshiriq bergan edi. Prezident Xalq qabulxonasi ayni shu topshiriq ijrosi boʻyicha oʻziga biriktirilgan Shovot va Hazorasp tumanlarida ish olib bordi.
Jumladan, Prezident virtual qabulxonasiga moddiy yordam masalasida arz qilgan, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi qariyb 170 nafar murojaatchiga ishlab daromad topishi uchun Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan qisqa muddatda tikuv mashinalari olib berildi. Muborak Ramazon oyida Prezident sovgʻasi sifatida tuhfa etilgan bu ish anjomlari oilalarning roʻzgʻorini butlashi uchun yana bir yangi imkoniyat boʻldi. Oʻz tikuv mashinasiga ega boʻlgan ayollar endi ishlab chiqarish va oilaviy korxonalarda kooperatsiya asosida ish boshladi.
Tadbirkorlarning muammolarini oʻrganish, ularga tezkor va samarali yechim topish maqsadida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulugʻbek Muhammadiyev boshchiligidagi guruh tumanlarda oʻrganishlar olib bordi.
Xususan, Shovotning “Shovot” mahallasidagi hunarmand Sadoqat Matpanayeva korxonasi faoliyati oʻrganildi. Hozirgi kunda korxona 10 turdagi quroqlar tayyorlab, Qozogʻistonga eksport qilyapti. Buyurtmalari kundan kun oshayotgan Sadoqat Matpanayeva ham bugun yana 6 nafar quroqchini ishga qabul qildi. Umuman, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan bir oyda Shovotda 60 nafardan ziyod ishsiz ayollarga tikuv mashinalari olib berilib, ular bandligini taʼminlash uchun oʻndan ortiq mahallada kooperatsiyalar ishga tushirildi.
Xuddi shunday Hazoraspdagi “Hazorasp Diomond” korxonasiga Prezident Xalq qabulxonasi tavsiyasi bilan biriktirilgan 20 nafar tikuvchi Rossiyaga eksport qilish uchun kiyim-kechaklar tayyorlashga kirishgan boʻlsa, yana 30 nafar tikuvchi “Hazorasp nurli zamin” oilaviy korxonasida koʻrpa, yostiq, kelinlar uchun sarpolar ishlab chiqarishga hissa qoʻsha boshladi.
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonasi hisobidan bir qator yoshlarga motokultivatorlar va boshqa ish anjomlari olib berildi. Deylik, shovotlik 2-guruh nogironi Bekpoʻlat Eshjonovga ham etikdoʻzlik uskunalari sovgʻa qilingach, natija uch kundayoq bilindi. U oʻz kichik tadbirkorligi boshladi.
Shuningdek, bu jarayonda ogʻir xastalikka chalingan 39 nafar murojaatchining dori-darmon va davolanish xarajatlari qoplangan boʻlsa, shovotlik Muqaddas Sotimova kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor 33 nafar talabaning kontrakt toʻlovi toʻlab berildi.
Bir soʻz bilan aytganda, Prezident Xalq qabulxonasining Hazorasp va Shovot tumanlaridagi faoliyati davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj 274 nafar murojaatchining eng birlamchi hayotiy muammolari hal qilindi, shundan qariyb 170 nafar murojaatchi doimiy ish bilan taʼminlandi.
Xalq bilan muloqotning mazkur yangi hayotiy mexanizmi endi Yangibozor va Tuproqqalʼa tumanlarida amalga oshiriladi.