So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
2024-yil 1-apreldan ayrim yolgʻiz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi
“Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–410-son, 27.12.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestri yuritiladi.
2024-yil 1-apreldan reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga va ularga bevosita hamrohlik qiluvchi 1 nafar shaxsga bir yilda bir marta temir yoʻl yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.
2024-yil 1-maydan reyestrga kiritilgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlariva shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qoʻshimcha pul toʻlovlari oʻrniga yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun har oyda minimal isteʼmol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi.
Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning yoʻqotilgan biometrik pasportlari ular reyestrga kiritilgunigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi.
2024-yil 1-martdan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, mustaqil harakatlanish va moʻljal olish imkoniyati cheklangan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining “soatbay” asosda haftaning barcha kunlari xizmat koʻrsatishi uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.