So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
Navroʻz – umumxalq bayramini neft-gaz sanoatida munosib yutuqlar bilan qarshi olayotgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishchi-xodimlari ham mahsulot salmogʻini oshirish, iqtisodiyotga munosib ulush qoʻshish, jamoa moddiy manfaatdorligini taʼminlash, yurtimizda kechayotgan yangilanish va bunyodkorliklarda tashabbuskor homiy sifatida faollik koʻrsatib, “Yashil makon” umumilliy dasturi doirasida “Neftchilar” shaharchasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida ham jonbozlik koʻrsatmoqdalar.
Aytish joizki, oʻtgan chorak asrdan ziyod davrdagi faoliyati davomida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi nafaqat viloyatimiz, balki yurtimiz sanoatining ham muhim obyektlaridan biriga aylandi. Mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega korxona nafaqat bevosita faoliyat koʻlami, balki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan turli yoʻnalishdagi tashabbuslarning ijrosini taʼminlashda yetakchi subyektlar qatorida sanaladi. Soʻnggi yillarda dunyoda energiya tanqisligi kuzatilayotgan bir vaziyatda mamlakatimizda ham koʻp xarajat va xomashyo resursi evaziga ishlab chiqariladigan anʼanaviy energiya resurslari evaziga muqobil energiyani tatbiq etish yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu saʼy-harakat natijasida birgina viloyatimizning oʻzida jahonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda har biri 500 megavatt soat quvvatga ega elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Gʻijduvon va Peshku tumanlarida shamol, Qorakoʻl tumanida quyosh elektr stansiyalari barpo etilmoqda.
Shu bilan birga, viloyatimizdagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan oʻz energiyasi isteʼmolini muqobil elektr energiyalari manbalari hisobidan qoplash borasidagi tashabbuslar ilgari surildi. Buxoro neftni qayta ishlash zavodining oʻziga xos moʻjaz quyosh elektr stansiyasi shunday tashabbuslarning amaliy ifodasidir. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda “Oʻzbekneftgaz” AJning 2023-yil 6-iyundagi “Oʻzbekneftgaz” AJ ning zavod va boshqarmalari hamda korxonalarida energiya tejamkor qurilmalarni xarid qilish va oʻrnatishni jadallashtirish toʻgʻrisida»gi buyrugʻi dasturilamal vazifasini oʻtamoqda.