So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvati bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Oʻzbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya shartnomasini tasdiqlash haqida» qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, loyihani amalga oshirish davrida umumiy qiymati 160 million AQSH dollari miqdorida investitsiya, shu jumladan 60 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.
Loyihaning birinchi bosqichida (2024-yil davomida) ishlab chiqarish quvvati mayda uzelli yigʻish (CKD) usulida 50 ming dona elektromobil va gibrid avtomobilga yetkaziladi.
Ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillar uchun bosqichma-bosqich mahalliy korxonalarda butlovchi va ehtiyot qismlar, shu jumladan oynalar, oʻrindiqlar, plastik qismlar va bamperlarni mahalliylashtirish yoʻlga qoʻyiladi.
Loyiha doirasida mahalliy aholi uchun 1000 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi koʻzda tutilgan.
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning keyingi davrlarida elektromobil va gibrid avtomobillar ishlab chiqarish quvvatini bosqichma-bosqich yiliga 500 ming donagacha oshirish;
Ishlab chiqariladigan elektromobil va gibrid avtomobillarning mahalliylashtirish darajasini 60 foizgacha yetkazish;
mahalliy aholi uchun 10 000 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish koʻzda tutilgan.