So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilda qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln soʻmni tashkil etgan.
2023-yilda qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaliklari boʻyicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi?
Fargʻonada eng koʻp donli ekinlar yetishtirilgan (926,7 ming tonna mahsulot).
Andijonda eng koʻp sabzavotlar yetishtirilgan (1 772,6 ming tonna).
Samarqandda eng koʻp kartoshka yetishtirilgan (726,3 ming tonna).
Surxondaryoda eng koʻp poliz ekinlari yetishtirilgan (337,3 ming tonna).
Andijonda eng koʻp meva va rezavorlar yetishtirilgan (696,8 ming tonna).
Samarqandda eng koʻp uzum yetishtirilgan (639,2 ming tonna).
Samarqand viloyatida eng koʻp goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan (326,2 ming tonna).
Samarqandda eng koʻp – 1 403,5 ming tonna sut olingan.
Toshkent viloyatida eng koʻp – 1 509,7 million dona tuxum olingan.
Xorazmda eng koʻp – 30,9 ming tonna baliq ovlangan.
Samarqandda 1 734,1 ming bosh yirik shoxli qoramol bor.
Qashqadaryoda 5 027,4 ming bosh qoʻy va echkilar bor.
Toshkent viloyatida eng koʻp – 56 494 bosh otlar bor.